Линклар

Шошилинч хабар
10 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:12

Vashington G‘azoda urushayotgan tomonlarni otashkesimga chaqirdi


AQSHning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild
AQSHning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitim va garovdagi isroilliklarning ozod etilishiga “endi ko‘p qolgani yo‘q”, deya bildirdi 22-avgust kuni AQSHning BMT Xavfsizlik kengashidagi elchisi Linda Tomas-Grinfild. U BMT Xavfsizlik kengashi a’zolarini Isroil bilan muvofiqlashtirilgan “o‘tish davri taklifi”ni qabul qilishi uchun HAMAS (AQSH va YIda terror tashkiloti deb topilgan) qurolli guruhiga bosim o‘tkazishga chaqirdi.

Tomas-Grinfild AQSH, Qatar va Misrning bu taklifi Jo Bayden tomonidan may oyida tuzilgan hamda BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan iyun oyida ma’qullangan reja moddalariga mos kelishini tasdiqladi.

Reuters agentligining mazkur muzokaralardan xabardor manbalari bitimning imzolanishiga kelajakda Isroilning G‘azo sektorida harbiy hozirligi hamda falastinlik mahkumlarning Isroil qamoqxonalaridan ozod qilishi masalalari bo‘yicha ixtiloflar xalaqit qilayotganini qayd etganlar.

AQSHning BMTdagi elchisi xulosasicha, mintaqada yirik davlatlar ishtirokidagi ziddiyat eskalatsiyasi bo‘yicha real xavf saqlanib qolmoqda.

AQSH prezidenti Jo Bayden 21-avgust kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon orqali muloqot qilgan. Muloqot chog‘ida Bayden Netanyahuga 2023-yilning 7-oktyabrida HAMASning Isroilga hujumi chog‘ida garovga olingan isroilliklarning ozod qilinishi evaziga G‘azoda otashkesim bitimini tezda imzolash zarurligini ta’kidlagan. Oq uy qaydicha, Qohirada bo‘lib o‘tadigan muzokaralar hal qiluvchi muzokaralar bo‘lishi lozim.

XS
SM
MD
LG