Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:38

Vazir Bobojonov: “Militsiya sodir etgan jinoyatlarning 27 tasi o‘lim bilan tugagan”


O‘zbekiston - Ichki ishlar xodimlari ishtirokida majlis.
O‘zbekiston - Ichki ishlar xodimlari ishtirokida majlis.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisi oldida hisobot bergan O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov ichki ishlar xodimlari tomonidan 2020 - yilda 134 ta jinoyat sodir etilganini ma’lum qildi.

Shularning 27 tasi o‘lim bilan tugagan.

Yalpi majlis Uzreport telekanali orqali jonli olib ko‘rsatildi.

“Afsuski, ichki ishlar organlari xodimlari orasida o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan qarayotgan, hattoki jinoyatga qo‘l urganlari ham yo‘q emas. Shu bois ularni o‘qitish kasbga tayyorlash bo‘yicha yaxshi mexanzmlar bo‘yicha ishlayapmiz” dedi vazir.

Bobojonov aynan oqibati o‘lim bilan tugagan 27 ta holat tafsilotlariga to‘xtalmadi.

Biroq mazkur holatlarning aksariyati katta ehtimol bilan qiynoq faktlari ekanini anglashiladi.

Ichki ishlar vaziriga ko‘ra, qolgan 107 ta holatda mansab vakolatidan chetga chiqish, dalillarni soxtalashtirish, poraxo‘rlik, firibgarlik kabi holatlar aniqlangan.

Mazkur qonunbuzarliklarni sodir etgan ichki ishlar xodimlarining aksariyati qamalgan.

Vazir 2020 - yilda ichki ishlar organlariga olib kelinib, ma’muriy bayonnoma tuzilgan fuqarolar sonini ham ochiqlar ekan, ularning aksariyati pandemiya qoidalarini buzganlar ekanligini ham qo‘shimcha qildi.

"2020 - yilda jamoat joylarida bemaqsad yurgan, huquqbuzarlik sodir etgan va shaxsini aniqlash kerak bo‘lgan 3,5 mln.dan ortiq shaxslar ichki ishlar organlariga keltirilib, ular bilan suhbat va profilaktik ishlar olib borilgan.

Shundan 1 mln. 600 mingdan ziyodiga ma’muriy bayonnomalar tuzilgan. Buning ko‘pchiligi o‘tgan yilgi pandemiya bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha", – dedi Bobojonov.

XS
SM
MD
LG