Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:04

Vazirlik shakar qimmatlashishiga doir gap-so‘zlarni rad etdi


Xorazmdagi shakar ishlab chiqarish zavodi (arxiv surati)
Xorazmdagi shakar ishlab chiqarish zavodi (arxiv surati)

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Rossiya shakar eksportiga shu yil 31-avgustigacha taqiq joriy etgani ortidan O‘zbekistonda shakar narxi oshib ketishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqayotgan xabarga munosabat bildirdi.

Vazirlik qaydicha, O‘zbekistonda shakarga bo‘lgan yillik talab o‘rtacha 650-700 ming tonnani tashkil etadi, Angren va Xorazmdagi shakar zavodlari esa yiliga 900 ming tonnadan ko‘proq (mamlakat ichki ehtiyojidan kamida 200 tonna ko‘p) shakar ishlab chiqaradi.

Xabarnomada Rossiyaning shakar eksportiga taqiq qo‘yishi O‘zbekistonning ichki bozorida tanqislikni keltirib chiqarmasligi, chunki Angren va Xorazm shakar zavodlari xomashyoni Rossiyadan emas, boshqa mamlakatlardan olayotgani urg‘ulangan. Xususan, vazirlik 2023-yilda O‘zbekistondagi shakar zavodlari 762 ming tonna xom ashyoni (shakar chiqishi 98 foiz) Braziliya va Hindistondan import qilishganiga e’tibor qaratgan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi shu kunda Angren va Xorazm shakar zavodlari birjaga ichki bozor uchun har kuni 2 100 tonna mahsulot chiqarayotgani va bu mahsulotning o‘rtacha 300 tonnasigina sotilayotganini qo‘shimcha qilgan.

XS
SM
MD
LG