Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:51

Vilnyusda Rossiya elchixonasiga o‘t qo‘yishda gumonlangan shaxs ushlandi


Vilnyusdagi Rossiya elchixonasi binosi
Vilnyusdagi Rossiya elchixonasi binosi

Vilnyus shahrida Rossiya elchixonasiga hujumda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar qildi Delfi nashri.

Elchixona binosiga ikki marta Molotov kokteyli otilgani haqida Ozodlik avvalroq xabar qilgan edi.

Delfi nashri qaydicha, gumonlanuvchi 1974-yilda tug‘ilgan shaxs bo‘lib, u avvalda ham o‘z xatti-harakatlari bilan “politsiya diqqatini o‘ziga tortgan” – bunga oid boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Huquq-tartibot idoralari jamiyat uchun xavfli shaklda mol-mulkka zarar yetkazganlik bo‘yicha tergov o‘tkazmoqdalar. Mazkur huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs jarimaga tortilishi, ozodligi cheklanishi, hibsga olinishi yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

7 va 8-aprel kunlari noma’lum shaxs Rossiyaning Litvadagi elchixonasi binosiga ichiga yonuvchan suyuqlik quyilgan shishalarni otgan, natijada bino devoriga shikast yetkazgan edi.

XS
SM
MD
LG