Линклар

Шошилинч хабар
05 октябр 2024, Тошкент вақти: 21:30

Xabarovsk o‘lkasidan 500 dan ziyod noqonuniy migrant badarg‘a qilindi


Arxiv surati
Arxiv surati

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasi sud pristavlari joriy yil boshidan buyon 512 nafar migrantni majburiy ravishda mamlakatdan badarg‘a qilishgan. Ular Rossiya qonunchiligida ko‘zda tutilgan tartibni buzib, mamlakat hududida noqonuniy yurgani aytilmoqda.

Ma’muriy huquqbuzarlikda aybdor deb topilgan shaxslarning barchasiga deportatsiyadan keyin Rossiya Federatsiyasiga kirishga besh yillik taqiq qo‘yildi”, deb yozmoqda Rossiya nashrlari.

Xorijlik mehnat muhojirlariga qarshi reydlar Rossiyaning boshqa shahar va mintaqalarida ham davom etmoqda.

Omsk viloyati huquq-tartibot idrralari 2-iyul kuni “Nelegal-2024” amaliyotining birinchi bosqichi natijalarini ochiqlashgan: amaliyot davomida rossiyalik tartib posbonlari migratsiya qonuni sohasida 300 ga yaqin huquqbuzarlikni aniqlashgan.

Sudlar xorijliklarni Rossiya Federatsiyasi hududidan badarg‘a qilish bo‘yicha 18 ta qaror chiqarishdi. Xorijlik uch fuqaro deportatsiya qilindi, 36 kishining esa mamlakatga kirishiga taqiq qo‘yildi”, deb yozgan mahalliy nashrlar.

Rossiyada noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll”da mart oyida sodir etilgan terakt ortidan kuchayib ketgan. Rossiyalik rasmiylar mazkur terror xurujining amalga oshirilishida bir necha tojikistonlik gumonlashmoqda.

Rossiyada migrantlarga qarshi kayfiyat kuchayishi manzarasida o‘zbekistonliklar doxil Markaziy Osiyodan bo‘lgan mehnat muhojirlari mamlakat hududiga kirishda uzoq muddatli tekshiruvlardan o‘tayotgan haqida Ozodlik avvalroq xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG