Линклар

Шошилинч хабар
31 июл 2021, Тошкент вақти: 05:06

Xidirnazar Allaqulov: Siyosiy maydonni aslo tark etmaymiz!


Xidirnazar Allaqulov (o‘rtada)

“Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi yetakchisi Xidirnazar Allaqulov O‘zbekiston Adliya vazirligining partiyasini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish qaroriga munosabat bildirar ekan, "maydonda yakka o‘zim qolsam ham, siyosatni tark etmayman" dedi.

O‘zbekiston Adliya vazirligi 21 - iyun kuni "Haqiqat va taraqqiyot" partiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun imzolar yetarli emas, deya arizasini rad etgandi.

Xidirnazar Allaqulov 22 - iyun kuni Ozodlik bilan suhbatda partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun "kurash qonun doirasida kurash davom etadi", deb aytdi.

"Bu partiya ro‘yxatdan albatta o‘tadi. Rad etish vakolati ularda, partiya tuzish huquqi ularda emas, bizdaku! Partiyamiz faoliyati endi o‘n marta ortadi, aslo to‘xtamaydi. Siyosiy maydondagi kurash shu vaqtgacha bo‘lgan kurashdan o‘n karra kuchayadi. Qonun doirasida bo‘ladi. Biz siyosiy maydonni aslo trak etmaymiz. Siyosiy maydonda yakka o‘zim qolsam ham tark etmayman", - dedi Allaqulov.

“Ҳақиқат ва тараққиёт” партияси етакчиси Хидирназар Аллақулов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:10 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston Adliya vazirligining rasman bildirishicha, partiya vazirlikka taqdim etgan hujjatlar ikki marta o‘rganib chiqilgan va “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” va “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga rioya qilinmagani aniqlangan.

Vazirlikning ta’kidlashicha, partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 20 ming imzo kerak bo‘ladi, ammo “Haqiqat va taraqqiyot” faqat 9 873 ta imzo yiqqan.

“Yuqorida ko‘rsatilgan imzolar partiya tuzish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda turli sabablar asosida yig‘ilganligi sababli, imzolarni hisobga olmaslik (bekor qilish) haqida bugungi kunga qadar vazirlikka jami 2 292 ta murojaat kelib tushdi. Shunga ko‘ra, “Haqiqat va taraqqiyot” sotsial-demokratik partiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etildi”, - deyiladi xabarda.

"Haqiqat va taraqqiyot" partiyasi yetakchisi Xidirnazar Allaqulov partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun keragidan ham ortiq imzo yig‘ilganini aytdi.

"Yig‘ilgan imzolar hammasi bor va partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yetarlisidan ham ortiq. Vazirlik rad etibdi, lekin partiya tuzish huquqmiz bizni qo‘limizda", - dedi Allaqulov.

Ozodlik 20 - iyun kuni “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasining 10dan ortiq a’zo va tarafdorlari IIVga so‘roqqa chaqirilgani haqida maqola e’lon qilgan.

Bundan avvalroq partiya asoschisi Xidirnazar Allaqulov bir necha marta noma’lum ayollar va hukumatparast blogerlar tahdidiga uchragan edi.

ОЗОДЛИК ФИЛЬМИ: Мирзиёевга мухолиф профессор
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:23:09 0:00

XS
SM
MD
LG