Линклар

Шошилинч хабар
04 декабр 2021, Тошкент вақти: 02:43

Xitoy Tojikistonning Tog‘li Badaxshonida harbiy baza quradi


Tojikiston hukumati Xitoy Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida (TBMV) harbiylashtirilgan baza qurishini, lekin u tojik kuchishlatar tuzilmalariga berilishini bildirdi.

Ushbu qo‘riqlanadigan ob’ekt Afg‘onistonning toliblar tomonidan bosib olinishi manzarasida hamda Tojikiston Ichki ishlar vazirligi bilan Xitoy Xavfsizlik vazirligi o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq barpo etiladi. TBMV Xitoy bilan ham, Afg‘oniston bilan ham chegaradosh.

Tojikiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Abdurahmon Alamshozoda 27 - oktabr kuni parlamentdagi chiqishida obyekt TBMV Ishkashim tumanining Vaxan qishlog‘ida qurilajagini ma’lum qildi.

Majlisi namoyandagon deputati Tolibxon Azimzodaga ko‘ra, ushbu maxsus baza Tojikiston IIVga qarashli bo‘ladi. Uning aytishicha, baza qurilishi uchun Xitoydan Tojikistonga keltiriladigan barcha jihozlar va texnika bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan.

“Qurilish byudjeti 55 million xitoy yuaniga baholanmoqda, bu taxminan 100 million somoniyga teng”, deydi deputat.

2019 - yilda‑yoq “Washington Post” gazetasi mahalliy aholidan olingan ma’lumotlar va sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga tayangan holda, Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatining Murg‘ob tumanida, Xitoy bilan chegaradan bir necha chaqirim ichkarida uch yildan beri Xitoy harbiy bazasi mavjudligi haqida xabar bergan edi. Shu yerliklar amerikalik jurnalistlarga bazada bir necha yuz chog‘li xitoylik harbiy xizmatchi borligini aytishgan.

“Sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida baza ikki turkum binolar va bir necha handaq va istehkomlardan iboratligi ko‘rinadi. Obyekt Afg‘oniston chegarasi yaqinida joylashgan, harbiy istehkomlar Afg‘onistondan Tojikistonga eltuvchi asosiy yo‘lni nazorat qilish imkonini beradi”, deyilgan maqolada.

“Washington Post” jurnalistlari Murg‘ob bozorida harbiy kiyimli xitoylik askarlarni suratga olishga muvaffaq bo‘lishgan. Ust-boshidagi taniq belgilariga qaraganda askarlar mansub harbiy tuzilmaning tayanch qarorgohi Xitoyning Shinjon mintaqasida joylashgan. Bozorda askarlar tojik tarjimon hamrohligida yegulik xarid qilishgan va mobil telefon hisoblariga pul tushirishgan.

XS
SM
MD
LG