Линклар

Шошилинч хабар
12 феврал 2025, Тошкент вақти: 01:40

Xitoylik sarmoyadorga firib bergan hokim muovini qamaldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Sirdaryo viloyati Guliston shahri hokimining sobiq o‘rinbosari Qodir Dodoyev juda ko‘p miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir qilganlikda aybdor deb topildi va 2 yil mansabdorlik, moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingani holda 9 yil muddatga qamaldi.

Kun.uz nashrining sud hujjatiga tayangan holda yozishicha, Guliston shahri hokimining o‘rinbosari – investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan Qodir Dodoyev 2023-yil sentyabr oyida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda investitsiya kiritish maqsadida Sirdaryo viloyatiga kelgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolarining ishonchiga kirgan.

Mulozim mansabidan foydalangan holda firibgarlik yo‘li bilan xitoylik investor Jin Dongengning jami 350 ming dollardan ortiq, Liu Changhiangning esa 21 ming dollar pulini o‘zlashtirgan.

Sud hukmiga ko‘ra, ushbu jinoyatlarda hokim o‘rinbosariga ko‘mak bergan tarjimon Abduvoris Abduvaliyev 9 yil-u 7 oy muddatga, fuqaro Shokir Fayziyev esa 6 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Bir necha kun avval mahalliy matbuot Buxoro viloyati Romitan tumani hokimining innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Boboyev firibgarlik hamda hujjatlarni qalbakilashtirishga oid jinoyat ishi doirasida sudlanayotgani haqida xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG