Линклар

Шошилинч хабар
14 январ 2025, Тошкент вақти: 01:46

Xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi mumkin


Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni (arxiv surati)
Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni (arxiv surati)

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi. Bu haqda ma’lum qilgan quyi palata matbuot xizmati bu yangi parlamentga kiritilgan ilk loyiha ekaniga e’tibor qaratgan.

“Adolat” va Ekologik partiyalari tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasida madaniy hordiq maskanlarini, ularning yerlarini hamda ushbu yerlardagi bino-inshootni begonalashtirish, madaniy hordiq maskanlari hududini qisqartirish, ularda bino-inshoot qurish (yengil turdagi obyektlar bundan mustasno) yoki mavjud bino-inshootni qurilish osti maydonini kengaytirishni taqiqlash nazarda tutilmoqda.

Ushbu turdagi huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Bundan tashqari, qonun loyihasi bilan botanika bog‘lari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ro‘yxatiga kiritilmoqda.

Deputatlar o‘rganishlarida aniqlashicha, so‘nggi yillarda davlat mulki hisoblangan umumiy foydalanishdagi bog‘lar, sayilgoh, xiyobon va daraxtzorlar hududida bino-inshootlarni qurish amaliyoti kengayib borayotgani ko‘p yillik daraxtlarning kesilishiga, atrof-muhit ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda.

Istirohat bog‘lari yerlarini mahalliy hokimiyat zaxirasiga olish va keyinchalik begonalashtirish amaliyoti kengayib borayotgani natijada bog‘lar hududi qisqarib bormoqda.

Faollar istirohat bog‘lari, sayilgohlar bilan birga ta’lim va tibbiyotga oid davlat obyektlari va ularning hududlarini sotish, xususiylashtirishni ham qonun darajasida taqiqlashni talab qilib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG