Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2025, Тошкент вақти: 10:13

Xorvatiyada prezident saylovi g‘olibi ikkinchi bosqichda aniqlanadi


Zoran Milanovich
Zoran Milanovich

Xorvatiyadagi prezident saylovida da’vogarlarning birortasi ham birinchi bosqichda 50 foizdan ko‘proq ovoz yig‘ishga muvaffaq bo‘lolmadi.

Davlat saylov komissiyasi ma’lumotlariga muvofiq, amaldagi davlat rahbari Zoran Milanovich saylovda 49 foiz ovoz to‘plagan. Uning asosiy raqibi, hukmron konservativ partiya vakili Dragan Primorach 19,35 foiz ovoz jamg‘argan.

Endilikda ular 2025-yilning 12-yanvarida bo‘lib o‘tajak ikkinchi bosqichda uchrashishadi. Xorvatiyadagi prezident saylovida ishtirok etgan yana olti nafar nomzod 10 foizdan ham ko‘proq ovoz yig‘olmagan.

Xorvatiya parlament respublikasi bo‘lib, mamlakatdagi asosiy qarorlarning katta qismini bosh vazir qabul qiladi, ayni paytda prezident qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni bo‘lib hisoblanadi.

Milanovich Ukrainaga harbiy yordamni tanqid qilib kelishi bilan tanilgan. Xususan, u ukrainalik harbiylarning Xorvatiya hududida o‘qitilishini taqiqlagan.

Bosh vazir Andrey Plenkovich uni “rossiyaparast siyosatchi” deb atab, Milanovich “Xorvatiyaning NATOdagi va YIdagi obro‘-e’tiborini yer bilan yakson qilmoqda” deb hisoblaydi. Bunga javoban prezident “Xorvatiyaning keraksiz urushga jalb qilinishi”ning oldini olishga urinayotgani, Ukrainada “Rossiyaga qarshi AQSH va NATO urushayotgani”ni bildirgan.

XS
SM
MD
LG