Линклар

Шошилинч хабар
05 ноябр 2024, Тошкент вақти: 12:44

Yana 160 mulozimning tadbirkorlik subyektiga ta’sischilik qilgani aniqlandi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hukumat tuzilmalaridagi 160 nafar boshqaruv xodimi bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganini aniqlagan.

O‘rganishlar davomida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 72 nafar xodimi 79 ta, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 59 nafar xodimi 60 ta, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 22 nafar xodimi 23 ta, Energetika vazirligining 7 nafar xodimi 8 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischi sifatida ro‘yxatdan o‘tgani ma’lum bo‘lgan.

Qonun buzilishi holatlari bo‘yicha vazirliklarga agentlikning taqdimnomalari kiritilgan.

Joriy yil sentyabrida Transport, Madaniyat hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 116 mulozimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelgani aniqlangandi.

Qonunchilikka muvofiq, davlat fuqarolik xizmatchilariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan. Jumladan, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunning 13-moddasida davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishi, muassis (ishtirokchi) bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishiga cheklov o‘rnatilgan.

XS
SM
MD
LG