Линклар

Шошилинч хабар
04 март 2024, Тошкент вақти: 21:08

"Yana dori bermoqchi". O‘zbekistonda bolalar gijjaga qarshi ommaviy dorilanadi


SSV "Vermoks" tabletkalari O‘zbekistonga Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasi bilan olib kelinganini aytmoqda.
SSV "Vermoks" tabletkalari O‘zbekistonga Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasi bilan olib kelinganini aytmoqda.

O‘zbekiston Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi vakilining Ozodlikka aytishicha, tadbir doirasida 2−10 yoshdagi jami 6,5 mln bolani gelmintoz parazit chuvalchanglar (gijjalar) ga qarshi dorilash ko‘zda tutilgan.

Chustda bolalarning ommaviy zaharlanish hodisasi ortidan amalga oshirilayotgan degelmintizatsiya jarayoni ota-onalar tarafidan xavotir bilan qarshilanmoqda.

Ba’zi ota-onalar o‘zlarining ruxsatisiz bolalarga dori bermaslikni talab qilmoqda.

YouTubedagi eng mashhur tibbiyot kanallaridan birining muallifi, shifokor Nodirbek Ischanov o‘zining Telegram-kanalida qurtga qarshi dorilardan ogoh bo‘lishga chaqirdi:

“Yana dori bermoqchi, qurtga qarshi dorilarni. Ota-onalar diqqat bo‘ling! Qanday dori, nimaga qarshi dori, qayerda ishlab chiqarilgan, tarkibi nima, qanday nojo‘ya ta’siri bor, qancha doza bermoqchi, qaysi qurtlarga qarshi, shularni bilib keyin xulosa qiling!”

"Xavotirlar asossiz"

O‘zbekiston Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati boshlig‘i Maftuna Saidova Ozodlik bilan suhbatda xavotirlar “asossiz” ekanini aytdi.

“Belgiyada ishlab chiqarilan “Vermoks” dorisi, tabletkali dorilar. Har yili respublikamizda shu dori qo‘llaniladi. Shu paytgacha dorini nojo‘ya ta’sirini kuzatmadik. Bu dorini qabul qilish majburiy emas, ixtiyoriy. Bola organizmidagi zararkunandalarga qarshi muhim vositadir. Parazit inson organizmida 5 mingdan 150 minggacha tuxum qo‘yadi. Ularning xavfliligi shundaki, zararkunandalar tez rivojlanadi va ichak orqali butun tanaga tarqalib, ichki a’zolar va tizimlarni shikastlaydi”, - dedi O‘zbekiston Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati boshlig‘i Maftuna Saidova.

O‘tgan oy O‘zbekistonda "Yorqin millat" dasturi bo‘yicha voyaga yetmagan bolalarni yod preparatlari bilan bepul ta’minlash ishlari boshlangan edi.

3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan barcha bog‘cha tarbiyalanuvchilari va maktab o‘quvchilariga profilaktik dozada yod tabletkalari berilgan.

Namangan viloyati Chust tumanida o‘nlab bola shu yodli tabletkalardan zaharlangani xabar qilingandi.

O‘zbekiston Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati boshlig‘i Maftuna Saidovaning Ozodlikka aytishicha, “Vermoks” dorilari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasi asosida O‘zbekistonga olib kelingan.

“Hozir Chustdagi holatdan keyin ota-onalarning xavotirini tushunamiz. Lekin, degelmintizatsiya qilish uchun ishlatilayotgan “Vermoks” dorisi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasi bilan Americare tashkiloti tomonidan olib kelingan. Yana bir bor aytaman, majburiy emas, ixtiyoriy”, - deydi O‘zbekiston Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati boshlig‘i Maftuna Saidova.

“Vermoks” tabletkalari tarkibi qanday?

Medu.uz portali ma’lumotiga ko‘ra, “Vermoks” tabletkalari, patentlanmagan nomi mebendazol. Har bir tabletka 100 mg dan iborat va tarkibida mebendazol, laktoza monogidrati bor.

Bu tabletkalardan katta dumaloq chuvalchanglar, qil boshli gijjalar, tasmasimon chuvalchanglar chaqiradigan mono- yoki aralash infeksiyalarni davolash uchun qo‘llaniladi.

Kattalar: 3 kun davomida 400 mg (2 tabletka ertalab va 2 tabletka kechqurun), bolalar:3 kun davomida 200 mg (1 tabletka ertalab va 1 tabletka kechqurun) qo‘llanadi.

“Vermoks”ni 2 yoshdan kichik bolalarni davolash uchun qo‘llash tavsiya etilmaydi.

“Vermoks” keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan sintetik antigelmint preparatdir. Dori vositasi gelmint xujayralarida tubulinni hosil bo‘lishiga ta’sir qiladi, bu gelmintda glyukozani qamrab olinishi va normal ovqat hazm qilish faoliyatini shunday darajada buzilishiga olib keladiki, xatto autolitik jarayonlar boshlanadi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibidagi klinikalardan birining nomi ochiqlanishini istamagan shifokori Ozodlik bilan suhbatda gijjaga qarshi dori vositalarining samarali ekanini savol ostiga oldi.

“Har bir tabletkada allergiyani qo‘zg‘atuvchi modda bo‘ladi. Jigarga ta’siri bo‘ladi. Agarda bolada biron narsaga allergiya bo‘lsa, yaxshisi bunday tabletkadan tiyilgan ma’qul. O‘zi qurtlarga qarshi dori ichgan bilan bir necha hafta o‘tib yana paydo bo‘laveradi. Undan ko‘ra, gigiyenaga rioya qilinishi kerak. Butun dunyoda bolalarga har-xil dorilar berilavermaydi. O‘ylab ko‘rish kerak, zarurmi shu, keyin qaror qabul qilish kerak. Undan ko‘ra, bolalarga beriladigan ovqat sifatini yaxshilash, suv sifatini yaxshilash kerak”, - deydi shifokor.

O‘tgan oy oxirida prezident Shavkat Mirziyoyev maktab o‘quvchilariga yod preparatlarini bepul tarqatish bo‘yicha topshiriq bergan.

“Antistrumin” janjali

20-sentabrdan barcha maktab va bolalar bog‘chalarida yod bilan ta’minlash dasturi boshlandi.

21-sentabrdan esa yoddan zaharlanish belgilari bilan bolalar kasalxonalarga tusha boshladi.

22-sentabrda tarqatilgan barcha yodlar yig‘ishtirib olindi.

O‘zbekiston rasmiylari bolalarga berilgan “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan SAMO MCHJ da tekshiruvlar boshlanganini ma’lum qilishgan. Ammo ommaviy zaharlanish hodisasidan ikki hafta o‘tib, hanuz zaharlanish sababi haqida rasmiy xulosa e’lon qilingani yo‘q.

OzodNazar: Заҳарланишга дорининг алоқаси йўқ деган вазирлик Антиструминни тақиқлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:42:47 0:00

Hodisa borasida jamoatchilik ko‘targan ko‘plab savollar hanuz ochiq qolmoqda.

Jumladan, davlat dasturi doirasida ko‘p milliard so‘mlik shartnoma qanday asosda aynan SAMO MCHJ ga berilgani izohlanmayapti.

SAMO MCHJ vakillari ham zaharlanish hodisasi yuzasidan biron sharh bergani yo‘q. Sog‘liqni saqlash vazirligi hozirda qo‘llanishi vaqtincha to‘xtatilgan dori tekshirish uchun laboratoriyaga yuborilganini aytgan, ammo dori nima uchun hozirgacha laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilmagani haqida lom-mim deyilmayapti.

XS
SM
MD
LG