Линклар

Шошилинч хабар
12 феврал 2025, Тошкент вақти: 02:22

Yangi yilning ilk kunida O‘zbekistonda mingdan ziyod bola tug‘ildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

2025-yilning 1-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda jami 1040 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot tarqatdi.

Vazirlik qaydicha, tug‘ilgan chaqaloqlarning 492 nafari o‘g‘il, 548 nafari qiz.

Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (154 nafar) qayd etilgan. Ayni kuni Qashqadaryo viloyatida 119 nafar, Toshkent shahrida 112 nafar, Samarqand viloyatida esa 101 nafar bola tug‘ilgan. Tug‘ilish bo‘yicha eng past ko‘rsatkich Navoiy viloyatida — 18 nafar.

Chaqaloqlarning orasida yettitasi egizak (oltitasi ikki homilali, bittasi uch homilali).

O‘zbekistonda aholi soni o‘sib borayotganiga qaramay, tug‘ilish yildan yilga qisqarib borayotganini kuzatish mumkin. Bu holatni so‘nggi yillardagi Yangi yil birinchi kunida tug‘ilgan chaqaloqlar sonida ham ko‘rish mumkin. SSV ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yilning ilk kunida 1111 nafar, 2021-yilda — 1086 nafar, 2022-yilda — 1448 nafar, 2023-yilda — 1312 nafar, 2024-yilda esa 1043 nafar chaqaloq dunyoga kelgani qayd etilgan.

XS
SM
MD
LG