Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 41 yoshli erkak 4 yashar qizga jinsiy tajovuz qilgan. Bu holat haqiqatan ham sodir bo‘lganini Qalampir.uz nashriga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov tasdiqlagan.
Xabarda qayd etilishicha, ayni paytda jabrlanuvchi qizcha kasalxonada, jinsiy tajovuzda gumonlangan shaxs esa qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan mamlakat Jinoyat kodeksining 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) hamda 273-moddasi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.