Линклар

Шошилинч хабар
22 июн 2021, Тошкент вақти: 13:39

YeTTB: 1000dan ortiq fermer yeri Indorama Agro MChJga olib berilishiga oid jiddiy shikoyat yo‘q


Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 - yil 11 - iyun kuni Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki prezidenti Suma Chakrabarti bilan onlayn suhbat o‘tkazdi

2021 - yilning 27 - yanvar kuni bosh ofisi Londonda joylashgan Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki direktorlar kengashining O‘zbekistondagi eng yirik paxtachilik klasteriga aylangan Indorama Agro MChJga 70 million AQSh dollariga teng ikkita kredit ajratish rejasi bo‘yicha qaror qabul qilishi belgilangan.

2019 - yili ko‘rib chiqish boshlangan bu kredit loyihasi¸ bank rasmiy saytidagi ma’lumotga ko‘ra¸ yakuniy tekshiruvlardan o‘tgan¸ uning ijrosini boshlash uchun faqat kengash tasdig‘idan o‘tish qolgan.

U yoki bu loyihani moliyalashtirar ekan¸ Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki o‘z missiyasida qayd etilishicha¸ mazkur jarayon orqali ochiq va barqaror bozor iqtisodiyotini rivojlantirish¸ demokratik prinsiplarni qo‘llab-quvvatlash¸ ekologik va ijtimoiy jihatdan sog‘lom taraqqiyotga hissa qo‘shishni maqsad qiladi.

Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan so‘ng mazkur bank O‘zbekistondagi o‘z faoliyatini qayta jonlantirdi va hukumat va xususiy sektor loyihalariga katta miqdorda kredit ajratishni jadallashtirdi.

Mirziyoyevning 2019 - yil 10 - iyun kuni Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki prezidenti Suma Chakrabarti boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvida¸ prezident matbuot xizmatiga ko‘ra¸ 1.5 milliard dollarlik kredit mablag‘lari istiqboli muhokama qilingan.

Joriy yil iyulida YeTTB prezidentligi lavozimidan ketgan asli hindistonlik Chakraborti¸ sentabr oyida Mirziyoyevning iqtisodiy taraqqiyot va xalqaro hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

2019 - yilning 4 - oktabr kuni Indorama Group rahbari Sri Prakash Lohia Qishloq xo‘jaligi vaziri J.Xodjayev bilan uchrashdi.
2019 - yilning 4 - oktabr kuni Indorama Group rahbari Sri Prakash Lohia Qishloq xo‘jaligi vaziri J.Xodjayev bilan uchrashdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan O‘zbekistonda ish boshlagan Indorama Agro MChJ egasi Singapurda ro‘yxatga olingan Indorama Corporation Pte. Ltd. (IRC) hisoblanadi. Guruh neft-ximiya mahsulotlari va turli xil o‘g‘it yetishtirish bo‘yicha Osiyodagi eng yirik kompaniya hisoblanadi va uning mulkdori¸ YeTTBga ko‘ra¸ asli hindistonlik Lohialar oilasidir. Bu oila esa¸ Londonda yashaydigan hindistonlik milliarder Lakshmi Mittal bilan qarindosh. Hindistonda chiqadigan The economic times nashriga ko‘ra¸YeETTBga rahbarlik davrida Chakrabarti bankning Mittalga aloqador shirkatlar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘ygan.

Hind milliarderlarining hindistonlik menejerlar tomonidan boshqariladigan Indorama Agro MChJga Toshkent hukumatining 2018¸ 2019 - yilgi qator qarorlari bilan Sirdaryo (Oqoltin, Sardoba) va Qashqadaryo (Kasbi, Nishon) viloyatlaridan jami 54 ming gektar paxta maydoni ajratib berildi.

1000 dan oshiq o‘zbek fermeridan olinib¸ hindistonliklarga berilgan buncha katta yer maydoniga Indorama Agro MChJ paxtachilikning xalqaro maydondagi ilg‘or tajribasini olib kirishi¸ paxtachilikni mexanizatsiyalashtirish va qo‘l mehnatini qisqartirish orqali majburiy mehnat muammosini hal etishga yordam berishi aytildi.

Ayni paytda¸ 2020 - yilning so‘nggi kunlari Ozodlikka murojaat qilgan o‘zbekistonlik fermer va paxtachilik ekspertlari Indorama Agroning Sirdaryo viloyatidagi faoliyati asosida¸ uning bunday amaliyotdan yiroqligini da’vo qildi.

YeTTB loyihalarini kuzatib kelayotgan CEE Bankwatch Network nohukumat tashkiloti faollari ham¸ Indorama Agro faoliyatining mahalliy fermerlar faoliyatiga salbiy ta’siri¸ atrof-muhitga yetkazayotgan zarari bilan bog‘liq xavotirlar bois¸ Yevropa bankini 70 million dollarlik kreditni ajratishga shoshmaslikka da’vat qilmoqda.

Ana shu xavotirlar munosabati bilan tug‘ilgan ayrim savollarni Ozodlik YeTTBning Markaziy Osiyo faoliyati uchun mas’ul matbuot xizmatiga yo‘lladi.

Quyida YeTTB tomonidan Ozodlik savollariga berilgan yozma javoblar matni to‘liq taqdim etilmoqda.

Ozodlik: Bu loyiha uchun nega aynan Indorama Agro tanlab olindi? Tanlov qanday amalga oshirildi?

YeTTB: Indorama Corporation Singapurda joylashgan ko‘p tarmoqli xalqaro konglomerat bo‘lib, u 2011 - yildan buyon O‘zbekistondagi eng yirik xorijiy sarmoyadorlardan biri hisoblanadi. Uning Qo‘qonda paxta tolasi asosiy xom ashyo bo‘lgan yirik ip-kalava ishlab chiqarish korxonasi faoliyat yuritmoqda. O‘z ehtiyojlarini inobatga olgan holda Indorama biznesini vertikal ravishda kengaytirish va kalava-ip ishlab chiqarish uchun zarur paxtani o‘zi yetishtirishga qaror qildi. Shu maqsadda Indorama 2019 - yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan "Indorama Agro" MChJ XK ni tashkil etdi. YeTTB ga ko‘ra¸ bu loyiha orqali Indorama o‘z xo‘jaliklarida yig‘im-terim ishlarini to‘liq mexanizatsiyalashni rejalamoqda. Bu hosilni yig‘ish davridagi mehnat bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etadi. YeTTB davlat nazoratida bo‘lib kelayotgan ushbu sohada xususiy sektorning faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlamoqda. Ushbu yondashuv Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda. YeTTB 2019 - yildan buyon loyiha bo‘yicha jiddiy ekspertiza (de diligence nazarda tutimoqda -tahr.) o‘tkazib kelmoqda. Bu esa¸ loyihaning moliyaviy tuzilishini sinovdan o‘tkazish, shuningdek uning atrof-muhit va ijtimoiy ta’sirlarni baholashni o‘z ichiga oladi.

Ozodlik: O‘zbekiston hukumati YeTTB tomonidan Indorama Agro uchun 70 million dollarlik kredit ajratish loyihasiga lobbichilik qilyaptimi?

YeTTB: O‘zbekiston hukumati tomonidan bu loyihaga lobbichilik qilishga qaratilgan konkret aralashuv bo‘lgani yo‘q. O‘zbekistonda to‘qimachilik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan istalgan xususiy kompaniya ish boshlash uchun ariza berish va o‘z faoliyatini qo‘llash maqsadida paxta yetishtirishni boshlash huquqiga ega. Keyingi ikki yil ichida O‘zbekistonda 100 ga yaqin turli xususiy klasterlar tashkil topdi.

Ozodlik: O‘tkazilgan ekspertiza davomida Indorama Agro kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyati¸ xususan¸ 70 million dollarlik kredit loyihasi bilan bog‘liq ehtimoliy korrupsion amaliyotlar ham ko‘rib chiqildimi?

YeTTB: Biz o‘tkazgan ekspertiza (due diligence) davomida bunday risklar mavjudligi aniqlanmadi. Ko‘rib chiqilayotgan har qanday loyiha kabi¸ YeTTB o‘tkazgan tekshiruv protseduralaridan so‘ng korporativ boshqaruv standartlarini qayta ko‘rib chiqish va ehtimoliy reputatsion tahdidlarni o‘z ichiga olgan qo‘shimcha baholash ham o‘tkazildi. Bu to‘lig‘icha tijoriy qarorlarga asoslangan xususiy loyihadir. Kompaniya (Indorama Agro) hukumatning biror tayanch yoki subsidiyasiga qaram emasligi bois¸ korrupsion amaliyotlar tahdidi o‘ta minimal darajadadir.

Ozodlik: 70 million dollarlik kredit ajratishga oid YeTTB loyihasi xulosasida O‘zbekistonda yerni qo‘lga kiritish jarayonida jami 1068 ta fermer xo‘jaligi Indorama Agro bilan ko‘ngilli ravishda yer-ijara shartnomasi imzolagani aytiladi. Ammo Ozodlikka bo‘lgan murojaatlarda ko‘pchilik kichik fermer xo‘jaliklarining mahalliy hokimiyatlar bosimi ostida Toshkent hukumati qo‘lloviga ega qudratli xorij kompaniyasiga o‘z erini berishga majburlangani ta’kidlanmoqda. Bu fermerlarga yerini Indorama Agroga topshirgani uchun na tegishli kompensatsiya¸ na boshqa yer maydoni ajratilgan. Ularga muqobil tariqasida berilgan qurt boqish bilan shug‘ullanish taklifi, fermerlarga ko‘ra¸ iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydi. YeTTB 70 million dollarlik kredit ajratar ekan¸ uning ortidan ziyon ko‘radigan o‘zbek dehqonlarining adolatli kompensatsiya olishini ta’minlovchi qanday mexanizmga ega?

YeTTB: Indorama Agroning O‘zbekistonda yer olish jarayoni atroflicha o‘rganildi va yer-ijara shartnomalarining bosim ostida bekor qilinganini ko‘rsatuvchi biror dalil topilmadi. YeTTB loyihasi va uning ijtimoiy ta’sirini baholash jarayoni mahalliy fermerlar yeri Indorama Agroga olib berilganidan keyin boshlandi. Loyihaning atrof-muhit va ijtimoiy ta’sirini baholovchi hisobot (ESIA) barobarida¸ YeTTB loyihaning yeri olingan xo‘jaliklarga ta’siri va ular faoliyatini tiklashni rejalashtirishni ham atroflicha tadqiq qilinishini so‘radi. Indorama bu jarayonda zarur deb topilgan qo‘shimcha choralarni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratadi va uning bajarilishini tashqaridan yollangan ekspertlar monitoring qiladi. Indorama Agroning yer olish jarayoni ta’sir qilgan jamoalar¸ xususan fermer xo‘jaliklari va ular ishchilari bilan tadqiqot davomida va undan so‘ng o‘tkazilgan suhbatlarda erni qayta taqsimlash jarayoni bilan bog‘liq jiddiy shikoyatlar aniqlanmadi. Fermerlarning hammasiga Indorama Agro rasman ish taklif qilgan. YeTTBga ma’lum bo‘lishicha¸ hukumat yeri olingan fermerlarga boshqa joydan yer¸ Indorama esa¸ bu jarayon daxl qilgan ijarachilarning hammasiga ish taklif qilgan. Ularning qariyb yarmi bu taklifni qabul qilgan.

Ozodlik: Loyihaga oid YeTTB xulosasida uning ijtimoiy¸ qolaversa, atrof-muhitga ta’siri atroflicha o‘rganilgani aytiladi. Ammo ayrim nohukumat tashkilotlari¸ xususan¸ CEE Bankwatch Network bu tadqiqot nihoyasida chiqarilgan xulosalar¸ xususan¸ Indorama Agro tomonidan ishlatilayotgan pestitsidlar tahlikasi haqidagi xulosani “chala va yetarli emas” deb baholadi. Mazkur guruh bayonotida¸ Indorama Agroning saraton qo‘zg‘atuvchi¸ inson endokrin tizimini ishdan chiqaruvchi va genotoksik xususiyatlarga ega pestitsidlardan ommaviy ravishda foydalanishi mazkur hududda yashovchi aholi salomatligiga jiddiy tahlika solishi¸ chorva mollari¸ suv va yerga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aytilgan. Loyihadan tug‘ilayotgan bu kabi jiddiy xavotirlarni tarqatish uchun YeTTB nima qilmoqchi?

YeTTB: Birinchidan¸ bu loyiha avvaldan paxtachilik qilib kelingan va shu bois qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan ximikatlar¸ suv va yerni yomon boshqarishdan ta’sir ko‘rgan yerlarda amalga oshirilmoqda. 2019 - yili bevosita ushbu hududda amalga oshirilgan tekshiruvlar xulosasiga ko‘ra¸ YeTTB pul ajratishi kutilayotgan loyihaning allaqachon ifloslangan atrof-muhitga ta’siri nisbatan ijobiy bo‘lishi kutilmoqda.

Bundan tashqari¸ Indorama ishlatayotgan ximikatlardan birortasi taqiqlanmagan va YeI tomonidan foydalanishga ruxsat etilgan (buni Bankwatch ham tan olgan). Loyihadan ko‘zlanayotgan maqsadlar doirasida Indoramaning bu yo‘nalishda mavjud eng yaxshi tajribalarni qo‘llash orqali yer va suvning ifloslanishini kamaytirishi belgilangan va vaziyatni baholash davom etadi. Bunga qo‘shimcha ravishda Indorama zararkunandalarga qarshi kurashni kompleks boshqarish (IPM) siyosatini ishlab chiqdi va uni o‘ziga qarashli xo‘jaliklarda amalga oshirmoqda. Loyihaning atrof-muhit va ijtimoiy hayotga ta’sirini o‘rganish davomida Indorama ishlatadigan ximikatlarning u yerda yashovchi jamoalarga ta’siri minimal darajada¸ deb topildi. Bu muammolarning barchasi loyihaning to‘ldirib borilayotgan Ekologik va Ijtimoiy menejment rejasida e’tirof etilgan va uni hal qilish usullari ko‘zda tutilgan.

Ozodlik: Ozodlik manbalari iddaosicha¸ O‘zbekiston hukumati ichida qudratli homiyga ega bo‘lgan Indorama Agro mamlakat agrobiznesida monopoliya maqomini qo‘lga kirita boshlagan. YeTTB o‘tkazgan loyihaoldi ekspertizasida bu xavotirlar ham o‘rganildimi? O‘rganilgan bo‘lsa¸ qanday xulosaga kelindi?

YeTTB: Bu sektorda monopolistik tendensiyalar borligiga oid xavotirlar mavjud emas. Birinchidan¸ Indorama Agro o‘zi yetishtirgan paxtadan o‘z ehtiyoji¸ ya’ni Qo‘qondagi korxonasida kalava ip ishlab chiqarish uchun foydalanadi. Indorama aynan o‘z ta’minot zanjirini yaratish maqsadida paxtachilikni yo‘lga qo‘ygan. Indorama Agro hozirda 54 ming gektar yerda paxtachilik qiladi va bu O‘zbekistonda paxtachilikka ajratilgan jami yer hududining 10 foizdan ham kamrog‘ini tashkil etadi. Mamlakat hukumati xususiy kompaniyalarning paxtachilikdagi ishtirokini qo‘llab -quvvatlamoqda va YeTTB loyihasi aynan shu sektordagi davlat ustunligini kamaytirishga hissa qo‘shadi.

XS
SM
MD
LG