Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:53

"Yevronigoh": Tojikistonlik Manijaning Rossiya nomidan chiqishi ayrim rus siyosatchilariga yoqmayapti


Manija Sangin bo‘lgan qo‘shiqchi may oyida Gollandiyaning Rotterdam shahrida bo‘lib o‘tadigan «Yevronigoh» qo‘shiq tanlovida «Rossiya ayoli» deb nomlanuvchi ashulani ijro etadi.
Manija Sangin bo‘lgan qo‘shiqchi may oyida Gollandiyaning Rotterdam shahrida bo‘lib o‘tadigan «Yevronigoh» qo‘shiq tanlovida «Rossiya ayoli» deb nomlanuvchi ashulani ijro etadi.

Bu yilgi «Yevronigoh» qo‘shiq tanlovida Rossiya nomida Tojikistonda tug‘ilgan feminist qo‘shiqchi qatnashishini konservativ qarashlarga ega rossiyaliklar tanqid qilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Seshanba kuni deputat Valentina Matviyenko tanqidchilar safiga qo‘shilib, 29 yashar Manija qo‘shig‘ini «bema’nilik» deb ta’rifladi.

To‘liq ismi Manija Sangin bo‘lgan qo‘shiqchi may oyida Gollandiyaning Rotterdam shahrida bo‘lib o‘tadigan «Yevronigoh» qo‘shiq tanlovida «Rossiya ayoli» deb nomlanuvchi ashulani ijro etadi.

Qo‘shiq ayollarni ruhlantirishga qaratilgan bo‘lib, ayollarni o‘zlarini go‘zal qilib ko‘rsatish, yer topish yoki farzand ko‘rishga chorlovchi ijtimoiy bosimni tanqid qiladi.

Xonanda Manija, shuningdek, oiladagi zo‘ravonliklarga qarshi kurashib hamda LGBT shaxslar huquqlarini himoya qilib tanilgan.

Qo‘shiqchi joriy oy boshida davlat televideniyesida o‘tkazilgan onlayn ovoz berishda Rossiya nomidan tanlovda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan edi.

Bu holat konservatorlar va rus pravoslav xristian guruhiga xush kelmadi.

Chorshanba kuni parlamentning yuqori palatasi bo‘lmish Rossiya Federatsiya Kengashi raisi hamda prezident Vladimir Putinning yaqin ittifoqchisi Matviyenko «Birinchi kanal»dan nomzodni aniqlash tartibini izohlab berishni talab qildi.

«Qo‘shiq matni bilan tanish emaslarga u bilan tanishib chiqishi maslahat beraman. ... Bu qandaydir bema’nilik. Men bu nimani anglatishini umuman tushunmadim, — dedi u.

«Juda g‘alati, yumshoq qilib aytganda», — deya qo‘shimcha qildi u.

Matvienko o‘z fikrini izhor qilishidan oldin yana bir deputat — Yelena Afanasyeva ko‘plab rossiyalik Manija va uning qo‘shig‘i tanlanganidan hayratga tushganini aytgan. «RIA» agentligining xabar berishicha, Afanasyeva qo‘shiqning maza-matrasi yo‘qligini aytgan.

«Hududlarda, ochig‘ini aytganda, hayratning chegarasi yo‘q: nega bizning rus ayollar bunday troll qilinayotganida norozilik va hayrat yuzaga kelgan», — degan deputat.

Putin rus pravoslav cherkovi va konservativ an’anaviy qadriyatlarni dastaklab keladi. Shuningdek, prezident voyaga yetmaganlar orasida «gey propagandani» man etuvchi qonunlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Rossiyaning Pravoslav ayollar ittifoqi Manijani tanlovdan chetlatilishni talab qildi. Ittifoqqa ko‘ra, xonandaning sahna qiyofasi rus ayollarini chuqur haqorat qiladi, uning ijrosi esa millatlararo adovatni qo‘zg‘ashga teng keladi.

XS
SM
MD
LG