Линклар

Шошилинч хабар
15 феврал 2025, Тошкент вақти: 21:08

YI TIV rahbarlari Suriya uchun sanksiyalarni yumshatish rejasini muvofiqlashtirishdi


Kaya Kallas Suriya bo‘yicha Riyodda o‘tkazilgan konferensiyada, 2025-yil 12-yanvari
Kaya Kallas Suriya bo‘yicha Riyodda o‘tkazilgan konferensiyada, 2025-yil 12-yanvari

Yevropa Ittifoqiga kiruvchi mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari 2012-yilda Suriyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarni yumshatish rejasi bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishishgan.

“YI tashqi ishlar vazirlari hozirgina Suriyaga nisbatan Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini yumshatish bo‘yicha yo‘l xaritasini muvofiqlashtirishdi”, deb yozgan YI tashqi ishlar mutasaddisi Kaya Kallas X ijtimoiy tarmog‘ida.

Kallasga ko‘ra, agar Suriyaning yangi hokimiyati “noto‘g‘ri qadamlar” qo‘yadigan bo‘lsa, qaror qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Avvalroq OAV mazkur reja Syrian Arab Airlines doxil aviashirkatlarga nisbatan cheklovlarni bekor qilish va neft-gaz texnologiyalari eksportga taqiqni qayta ko‘rib chiqishni ko‘zda tutishi haqida xabar qilishgan.

Suriyada hokimiyat almashgani munosabati bilan cheklovlarni qisman bekor qilish g‘oyasi Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Hollandiya, Daniya va Finlyandiya kabi mamlakatlar tomonidan dastaklangan. Sanksiyalarni bekor qilish qarori mamlakatda hokimiyat almashgani bilan bog‘liq, biroq sobiq prezident Bashar Asad va uning tarafdorlariga nisbatan sanksiyalar saqlab qolinadi. Suriyada fe’lan hokimiyat tepasiga kelgani aytilayotgan “Hay’at Tahrir ash-Shom” guruhini terror tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarish masalasi BMT Xavfsizlik kengashida hal bo‘ladi.

YI 2012-yilda Suriyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar joriy etgan bo‘lib, ular asosan hukumat va harbiy tuzilmalarga qarshi qaratilgan edi. Ular neft embargosi, investitsiyalarga cheklovlar, Suriya Markaziy bankining Yevropadagi aktivlarini muzlatish hamda qatag‘on uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan jihoz va texnologiyalar eksportiga taqiq kabilarni o‘z ichiga olgandi.

XS
SM
MD
LG