Линклар

Шошилинч хабар
05 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:09

YI Ukrainaga 35 mlrd yevrolik kredit ajratadi


Yevropa Ittifoqi elchilari Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromaddan Ukraina uchun 35 milliard yevro miqdorida kredit ajratish bo‘yicha kelishuvga erishishgan. Bu haqda “Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi”ning Yevropa masalalari bo‘yicha muharriri Rikard Yozvyak X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Moliyaviy yordam Rossiyaning Ukrainaga nisbatan avj olgan hujumlari tufayli oshib ketgan Ukrainaning kechiktirib bo‘lmas moliyaviy ehtiyojlarini zudlik bilan qondirishga yo‘naltirilgan”, deyilgan YI kengashi xabarnomasida.

Yozvyakka ko‘ra, Vengriya qarshi chiqayotgani tufayli Rossiya aktivlariga nisbatan sanksiyalar muddatini uzaytirish masalasi hali ham hal bo‘lgani yo‘q.

Avvalroq Vengriya moliya vaziri Mixay Varga Budapesht Rossiyaning muzlatilgan aktivlariga qarshi YI sanksiyalariga kiritilayotgan o‘zgartishlarni dastaklamasligini bildirgan. Bu chora Ukrainaga kredit berish imkoniyatini yaratgan bo‘lardi. Varganing aytishicha, Budapesht bu qarorning joriy yil 5-noyabrida AQSHda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovigacha kechiktirilishini istayapti.

“Katta yettilik” majburiyatlari doirasida Ukrainaga 35 milliard yevro miqdorida kredit ajratish qaroriga kelinganini joriy yilning 20-sentyabrida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen e’lon qilgan edi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ursula fon der Lyayen bilan Kiyevda o‘tkazilgan brifingda bu mablag‘larni energetika sohasiga, bombapanohlarga hamda qisman qurollanish va havodan mudofaa vositalariga yo‘naltirish rejalanayotganini aytgandi.

XS
SM
MD
LG