Joriy yil boshidan buyon O‘zbekistonga bir tonnadan ortiq giyohvandlik moddalar olib kirilishining oldi olingan.
Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabarnomasiga ko‘ra, 2024-yilda bojxona organlari tomonidan 554 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar, 49 dona qurol, 3010 ta o‘q-dorilar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Avvalroq Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori Ravshan Mamatov O‘zbekistonda 2019−2024-yillar oralig‘ida narkojinoyatlar soni ikki baravarga ko‘payganini ma’lum qilib, mamlakatda “dorixona narkomaniyasi” avj olganidan xavotir izhor qilgan edi.
Joriy yil noyabr oyida DXX matbuot xizmati Surxondaryo viloyati Uzun tumani hududida harakatlanayotgan mashina yukxonasidan 50,5 kilogramm gashish moddasi topilgani haqida axborot yoyinlagandi.
O‘tgan yili “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona majmuasiga qarashli postda 8,5 tonna giyohvandlik moddasi qo‘lga olingani iddao qilingandi. O‘shanda Bojxona qo‘mitasi vakili bu hodisani mamlakat tarixida bitta holatda katta miqdorda narkotik vosita fosh qilish bo‘yicha rekord natija deb atagandi.