Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2025, Тошкент вақти: 00:11

YTTB O‘zbekistonda chiroq o‘chishini kamaytirishga ko‘maklashadi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”ga davlat kafolati ostida 66,4 mln dollar miqdorida kredit ajratmoqda.

Gazeta.uz nashri qaydicha, ushbu mablag‘ Xorazm viloyatidagi Sarimoy va Navoiy viloyatidagi Muruntov aholi punktlari o‘rtasida 230 kilometr uzunlikdagi 500 kV elektr uzatish liniyasini qurishga yo‘naltiriladi.

Loyiha elektr ta’minotidagi uzilishlar, ayniqsa, yuklama eng yuqori bo‘lgan vaqtda chiroq o‘chishlarini kamaytirishi kutilmoqda. Shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalari integratsiyalashuviga xizmat qiluvchi loyiha tufayli issiqxona gazlari chiqindilari yiliga 4143 tonna va elektr energiyasi yo‘qotishlari 34 636 mVt⋅s ga kamayishi ko‘zda tutilgan.

Energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov noyabr oyida mamlakat elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasida sezilarli yutuqlarga erishgani, ammo endi uni to‘plash va tashish uchun infratuzilma, jumladan, kamida 5000 kilometr elektr uzatish liniyalari, 500 kV va 200 kV yuqori kuchlanishli liniyalar va nimstansiyalar zarurligini aytgan edi.

YTTB 2017-yilda O‘zbekistondagi faoliyatini qayta boshlaganidan so‘ng mamlakat iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyalari miqdori 3 milliard yevroga yetgan.

Xalqaro moliyaviy tuzilma o‘tgan yil may oyida vodiy viloyatlarida xalqaro standartlar asosida 15 ta maktab qurilishi uchun grant ajratgan edi.

Ozodlik avvalroq YTTBning mintaqa bo‘yicha yetakchi eksperti Erik Livni bilan O‘zbekistonga ajratilayotgan mablag‘lar sarfida shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha suhbat uyushtirgandi.

XS
SM
MD
LG