Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:21

Zelenskiy harbiy safarbarlikka doir qonunni imzoladi


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, 2024-yil 9-apreli
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, 2024-yil 9-apreli

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy harbiy safarbarlik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, hujjat bir oydan keyin – 2024-yilning 16-mayidan kuchga kiradi.

Qonun muddatli harbiy xizmat o‘rniga tinchlik davrida besh oylik, urush bo‘layotgan davrda esa uch oylik bazaviy harbiy xizmatni joriy qiladi. Shuningdek, hujjat bilan umumiy harbiy tayyorgarlik fani kiritilishi ko‘zda tutilgan – mazkur fan 2025-yildan oliy ta’lim muassasalaridagi ta’limning bir qismiga aylanadi.

Yangi tartibga muvofiq, fuqarolar chaqiriluvchi elektron kabinetini yaratishlari lozim bo‘ladi, harbiy komissariatlar esa ular orqali elektron shakldagi chaqiruv qog‘ozlarini yo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Xorijiy o‘lkalarda doimiy yashovchi ukrainaliklar 60 kun davomida Ukrainada harbiy qaydga turishlari kerak bo‘ladi.

Harbiy xizmatga shartli ravishda qamalgan shaxslar ham chaqirilishi mumkin, biroq Ukraina milliy xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etganlar bundan mustasno.

Harbiy safarbarlikdan bo‘yin tovlaganlarning haq-huquqlari cheklanishi mumkin, xususan, ular haydovchilik guvohnomalaridan mahrum etilishlari mumkin. Armiyada xizmat qilishdan bo‘yin tovlaganlik uchun belgilangan jarima miqdori ham oshiriladi.

Joriy yilning 11-aprel kuni Ukraina Oliy radasi (parlamenti) ikkinchi o‘qishda harbiy safarbarlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagan. Hujjat “Xalq xizmatkori” hukmron partiyasi va boshqa qator fraksiyalar vakillari doxil 283 nafar deputat tomonidan yoqlangan. Muxolifatdagi “Yevropa birdamligi” va “Batkivshchina” partiyalari esa loyihani dastaklagan emaslar.

XS
SM
MD
LG