Линклар

Шошилинч хабар
10 декабр 2024, Тошкент вақти: 13:06

Zominda o‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan haydaldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi maktabda 7-sinf o‘quvchisini urgan o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Qayd etilishicha, Bolalar ombudsmaniga Zominda yashovchi fuqarodan murojaatnoma kelib tushgan. U o‘tgan yilning 26-dekabrida voyaga yetmagan o‘g‘li O.T.ning yuziga maktabdagi o‘qituvchisi S. M. bir necha bor tarsaki urgani hamda nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilganidan shikoyat qilgan.

Murojaat ortidan maktabgacha va maktab ta’lim vaziri Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida mazkur holatni o‘rgangan. Pirovardida mazkur maktab direktorining buyrug‘iga asosan o‘qituvchi ishdan olingan.

Xabarnomada shu yilning 23-yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tumani sudida o‘qituvchi MJTKning 41-moddasi (Haqorat qilish) va 52-moddasi (Yengil tan jarohati yetkazish) bilan aybdor deb topilgani, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari (6,8 million so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangani qayd etilgan.

XS
SM
MD
LG