Balxash ko‘li qurib qolishi mumkin

Balxash ko'lining sun'iy yo'ldoshdan olingan surati

Xitoy g‘arbida suv omborlari qurilishi Balxash ko‘lining ekologik ahvoliga o‘ta salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Bu haqda Qozog‘iston atrof-muhit muhofazasi vaziri muovini Eldona Sadvaqasova bayonot qildi.

Sadvaqasovaning aytishicha, Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur mintaqasida qurilayotgan suv omborlari Irtish daryosi suvlarining Balxash ko‘liga oqimini keskin ozaytirib yuboradi.

Atrof-muhit muhofazasi vazirligi vakiliga ko‘ra, Qozog‘iston so‘nggi 40 yil ichida suv zahiralarining 40 foizini yo‘qotgan.