Qirg‘izistonda beshta partiya parlamentdan joy oldi

Qirg‘iziston parlamenti – Jo‘g‘o‘ruqu Keneshga besh partiya qabul qilindi.

Qirg‘iziston Markaziy Saylov komissiyasi dastlabki natijalar deyarli o‘zgarishsiz qolgani va parlamentga kirish uchun belgilangan 5 foizlik to‘siqdan avval e‘lon qilingan 5 partiya o‘tganini ma‘lum qildi.

““Ata-Jurt” partiyasi 8.7 foiz, Sotsial-demokratlar partiyasi 7.8 foiz, “Ar-Namis” partiyasi 7.57 foiz, “Respublika” partiyasi 6.93 foiz hamda “Ata-Meken” partiyasi 5.49 foizlik ovoz bilan parlamentga kirishga qo‘yilgan 0.5 foizlik to‘siqdan o‘tdi”, dedi Qirg‘iziston Markaziy Saylov komissiyasi a‘zosi Abdumo‘min Mamarayimov.