O‘zbekiston yangi transport koridoriga oid kelishuvni ratifikatsiya qildi

Yangi yo‘l Markaziy Osiyoning ikki davlatini Fors ko‘rfazi mintaqasi bilan bog‘laydi.

O‘zbekiston rasmiy nashrlarining bildirishicha¸ O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov “Markaziy Osiyo – Fors ko‘rfazi” deb nomlangan yangi xalqaro transport koridorini yaratishga oid kelishuvni tasdiqlagan.

Eron¸ Ummon¸ Qatar¸ Turkmaniston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasidagi bu kelishuv joriy yilning 25 aprelida Ashxobodda imzolangan edi.
Hozirga qadar bu kelishuv Eron Turkmanistonda ratifikatsiya qilingan edi.

“Markaziy Osiyo – fors ko‘rfazi” yangi transport koridorining loyihaga qo‘shilgan davlatlar iqtisodiy o‘sishiga kuchli turtki berishi¸ yangi ish o‘rinlari yaratishi¸ ijtimoiy va sanoat infratuzilmalari qurilishini rag‘batlantirishi¸ hamda yirik xorijiy sarmoyalarni jalb qilishi kutilmoqda.