AQShda o‘zbek kitoblari onlayn do‘koni ochildi

Amerikada o‘zbek tilida chop etiladigan “Vatandosh” gazetasi O‘zbekistonda chop etilgan kitoblar onlayn-do‘konini ochganini e‘lon qildi.

Onlayn do‘konda Shukur Xolmirzayev, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Tog‘ay Murod, O‘lmas Umarbekov, Tohir Malik kabi taniqli o‘zbek adiblari qalamiga mansub bir qator roman, qissa va hikoyalar to‘plamlari, she‘riy kitoblari va boshqa mavzudagi adabiy-badiiy kitoblarni topish mumkin.

Do‘kon tashkilotchilari Internet orqali xarid etilgan kitoblarni AQShda istagan manzilga qisqa vaqt ichida yetkazishni o‘z zimmasiga olmoqda.