Forbes: Angela Merkel dunyodagi eng qudratli ayol

Serbia -- Serbian President Boris Tadic and German Chancellor Angela Merkel visting Belgrade, 23Aug2011

AQShdagi Forbes jurnali Germaniya kansleri Angela Merkelni dunyodagi eng katta ta‘sirga ega ayol, deb e‘lon qildi.

Forbes jurnalining dunyodagi eng nufuzli ro‘yxatida o‘tgan yili beshinchi o‘rinda bo‘lgan AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton bu yil ikkinchi o‘ringa qo‘yildi.

Braziliya prezidenti Dilma Ruzeffga esa uchinchi o‘rin berildi.

O‘tgan yili dunyoning eng ta‘sirli ayoli bo‘lgan AQSh prezidentining rafiqasi Mishel Obamaga bu yil sakkizinchi o‘rin berildi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristin Lagard xonim ro‘yxatning to‘qqizinchi, AQSh estradasining taniqli qo‘shiqchisi Lady Gaga o‘n birinchi o‘rinda.