Navoiyda yangi rusumdagi lampochkalar zavodi ochildi

Navoiy erkin iqtisodiy hududida beshta yangi shirkat ochildi.

Bu haqda ma‘lum qilgan O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga ko‘ra¸ bu shirkatlar Xitoy¸ Janubiy koreya va Singapurga oid.

Bu shirkatlardan biri Shinghwa Lighting yiliga 6 million energiya tejovchi gaz zaryadli lampochkalar ishlab chiqaradi.

Zavod to‘la quvvatga o‘tganidan keyin bu ko‘rsatkich 14 millionga yetishi aytilmoqda.

Yangi ochilgan shirkatlarda raqamli televideniyeni qabul qilish uskunalari¸ modemlar¸ bolalar uchun taglik¸ avtomobillar uchun gaz ballonlari va hapdorilar ishlab chiqariladi.

“Navoiy” erkin iqtisodiy hududi 2008 yil dekabr oyida tashkil qilingan.

Ayni paytda bu hududda 13 ta loyiha amalga oshirilmoqda.