Futbol: O‘zbekiston-Ummon 1:0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi London Olimpiadasining saralash bosqichiga tayyorgarlik doirasida 11 sentabr kuni Toshkentning “Jar” stadionida Ummon terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

Birinchi bo‘limning 15-daqiqasida Temurxo‘ja Abduxoliqov mehmonlar darvozasiga kiritgan yagona to‘p O‘zbekiston olimpiada jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Olimpiya o‘yinlari 3-saralash bosqichining 1-turi doirasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Iroq olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O‘yin 21 sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Shu kuni Umon jamoasi Janubiy Koreya jamoasi bilan kuch sinashadi.