O‘zbek mardikori rus rassomi ijodida

Rus rassomi Agroskin o‘zbek mardikorlari hayotidan ilhom oldi

15 senyabr kuni Moskvada mehnat muhojirlari hayotini aks ettiruvchi tasviriy san‘at ko‘rgazmasi ochildi.

Moskvadagi “Vinzavod” zamonaviy san‘at markazida “Art-kvartal” galereyasi tarafidan tashkil qilingan bu ko‘rgazmada Rossiya borlig‘ining ajralmas qismiga aylangan gastarbayterlar haëti badiiy vositalarda aks ettirilgan.

Bu ko‘rgazma g‘oyasini amalga oshirgan rassom Semen Agroskin O‘zbekistondagi oilaviy farog‘atidan ajralib Rossiyada “it yotish –mirza turish” qilib yurgan mardikorlar obrazini yaratgan.

“Vinzavod” vyebnashriga ko‘ra, rassom Agroskin Rossiya ijtimoiy zinapoyasining eng quyi pillapoyasida turgan o‘zbek-tojik mardikorlari fojiasini jamiyatga ko‘rsata olgan.

Ko‘rgazma 20 oktabrga qadar ochiq turadi va mehnat muhojirlaridan chipta puli olinmaydi.