O'zbekiston suratchi nigohida: Aleksey Protchenkov (anons)

Bolakay paxta terimida (Aleksey Protchenkov surati)

Hech kimga sir emas O'zbekiston o'zining boy madaniy va tarixiy merosi bilan ko'plab professional suratchilar diqqatini o'ziga jalb etadi. Bugun internetning keng sayhonida O'zbekistonning ajoyib manzaralari aks etgan sifatli suratlarni ko'rsang ajablanmaysan kishi.

Uzoq yurtlardan mamlakatimizga surat olish uchun tez-tez tashrif buyurib turadigan suratchilardan biri rossiyalik Aleksey Protchenkovdir. Uning o'z blogida yozishicha, u O'zbekistonga ishi yuzasidan kelib turadi va har gal qiziqarli manzaralarni suratga olishga harakat qiladi.

"Yosh to'lqin" tahririyati sankt-peterburglik suratchi Aleksey Protchenkov bilan uning foto-ishlari haqida suhbat qurdi. Suratchi bilan qurgan qiziqarli suhbatimizni kelasi hafta internet sahifamizda chop etamiz. Hozircha uning O'zbekistonda olgan bir nechta suratlarini muallifning izni bilan e'tiboringizga havola etamiz.

"Qishloq manzaralari"


"Toshkentning Chorsu bozori"




"Xiva - muzey shahri"


"Buxoro. Eski shahar"


"Paxta terimi"