O‘zbek futbolchilari Iroqqa bormaydi

O‘zbekiston terma jamoasi

London Olimpiya o‘yinlari 3-saralash bosqichi doirasida futbol bo‘yicha Iroq - O‘zbekiston o‘yini betaraf maydonda o‘tkaziladi.

Xalqaro futbol uyushmasi - FIFA xavfsizlik sababidan Iroq futbol jamoasi mezbon sifatida o‘ynaydigan barcha o‘yinlarni betaraf mamlakatda o‘tkazishi zarur, deya qaror qildi.

Iroq terma jamoasi 1 oktabrga qadar betaraf mamlakat nomini aytishi zarur.

21 sentabr kuni Toshkentdagi “Jar” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi Iroq ustidan 2-0 hisobida g‘alaba qozondi.