Dunyodagi eng ulkan Qur‘on kitobi Tataristonga keltirildi

Yashma va zabarjad bilan bezalgan Qur‘on kitobi Qozon shahrida

Dunyodagi eng katta Qur‘on kitobi Italiyadan Tataristonga keltirildi.

632 varaqlik bu kitobning kattaligi bir yarim metr¸ og‘irligi esa 800 kilo.

Kitob muqovasi oltin¸ kumush va zabarjad toshlar bilan bezatilgan. Kitob varaqlariga oltin suvi yugurtirilgan.

Qur‘on kitobi Tataristondagi “Uyg‘onish” jamg‘armasi buyurtmasiga ko‘ra Italiyada chop qilingan. Bu kitobni chop qilishga qancha harajat ketgani aytilmadi.

Kitob Qozondagi Qul Sharif masjidida saqlanadigan bo‘ldi.