4 ming dollarlik shampan vinosi Nigeriyaliklarni norozi qildi

Bir shishasi 4 ming dollar turadigan shampan sharobi

Bir shishasi 4 ming dollar turadigan shampan sharobining reklamasi Nigeriyaning Lagos shahrida katta norozilik sababi bo‘ldi.

Arang kunini ko‘radigan maxalliy aholi bu reklamani haqorat deb qabul qildi.

Ulkan neft zahiralariga ega bo‘lgan holda Nigeriya aholisining aksariyati kuniga bir dollardan kamroq xarj qiladi.

“Farishtalar shampan sharobi” deb nomlangan ichimlik britaniyalik tadbirkor tarafidan o‘ylab topilib Nigeriyada reklama qilingan edi.

Tadbirkor nazarida Nigeriyadagi sanoqli boylarga bu ichimlik hush kelishi lozim bo‘lgan.