Erdo‘g‘on kurdlardan kechirim so‘radi

Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘tgan asrning 30-yillarida mamlakat janub-sharqida amalga oshirilgan harbiy amaliyotlar davomida minglab kurdlarning o‘ldirib yuborilgani yuzasidan kechirim so‘radi.

Hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi yig‘ilishida so‘zlagan Erdo‘g‘on lozim bo‘lsa¸ davlat nomidan kechirim so‘rash kerakligini ayta turib¸ darhol “Men kechirim so‘rayman” degan bayonot berdi.

Erdo‘g‘onga ko‘ra¸ 1936-39 yillar davomida Dersim shahrida amalga oshirilgan harbiy amaliëtlar oqibatida 13 800 nafar kurd o‘ldirilgan.

Turkiya Bosh vaziri ushbu qonli voqealarga oid arxiv materiallarining jamoatchilik uchun ochilishi lozimligini ham ta‘kidladi.