Ginnes uchun o‘zbekcha osh

Oshpaz osh suzmoqda...

O‘zbek oshpazlari Ginnes rekordlar kitobiga kirish ishtiyoqida birvarakayiga 4 tonnayu 700 kilolik osh damlamoqchi.

Bu haqda Ozodlikka O‘zbekiston oshpazlari assotsiatsiyasi prezidenti Akbar Umarov ma‘lum qildi.

Janob Umarovning aytishicha, 4 tonna 700 kilolik palov damlash uchun 1,5 tonna gurunch, 1 tonnayu 200 kilo go‘sht, shuncha sabzi, 300 kilo piyoz va shuncha yog‘ ketadi.

Rejaning boshqa tafsilotlarini Akbar Umarovning o‘zidan eshitamiz.