O‘zbekistonda yangi yil kechasi 106 millionta qo‘ng‘iroq qilindi

Yangi yil oqshomida O‘zbekistonda rekord darajadagi telefon qo‘ng‘iroqlari amalga oshirildi.

"O‘zbekiston" telekanali e‘lon qilgan xabarga ko‘ra, 31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechasi mamlakatda mobil telefonlaridan jami 106 millionta qo‘ng‘iroq qilingan, 16,5 million SMS jo‘natilgan.

Yangi yil kechasi xorijdan, ayniqsa, Rossiyadan O‘zbekistonga bo‘lgan qo‘ng‘iroqlar ko‘lami ko‘pligidan aloqada uzilishlar ham kuzatildi.

Rossiyadagi ayrim mehnat muhojirlariga ko‘ra, aloqada yuzaga kelgan tig‘izlik bois yangi yil kechasi o‘z yaqinlarini tabriklay olmaganlar