O‘tgan yili Fransiyada niqob kiygan 6 ayol sudlandi

Fransiya pasportini ushlab turgan niqobli ayol.

Fransiyada hijobga qarshi qonun kuchga kirganidan buyon jami olti ayol mahkamaga tortilib, jarima solindi.

Fransiya Ichki ishlar vazirligi ma‘lumotiga ko‘ra, politsiya ayollarning niqob va burqa kiygani bo‘yicha jami 237 ta holatni qayd etgan.

Qonunga ko‘ra, xijob, niqob yoki burqada jamoat joyida yurgan ayollar 150 yevro jarimaga tortiladi.

Sud qaroriga ko‘ra, jarima fuqaroning jamiyatda o‘zini tutish me‘yorlari haqidagi lektsiya tinglash bilan almashtirilishi mumkin.

Rasmiy ma‘lumotga ko‘ra, o‘tgan yili birorta ayol lektsiya tinglash jazosiga tortilmagan.

Frantsiyada hijobga qarshi qonun o‘tgan yilning 11 aprel kuni kuchga kirgan.

Mazkur qonun jamoat joylarida, xususan ma‘muriy idoralar, transport, maktab va tibbiy maskanlar, pochta va plyajda ayollarning hijobda yurishini taqiqlaydi.

Aëllarni hijob kiyishga majburlagan shaxslar 30 ming yevro jarimaga tortiladi.