Shahzodaning yangi klipi sizga yoqdimi?

O'zbekiston estradasi yorqin yulduzi Shahzodaning ingliz tiliadgi yangi qo'shig'iga olingan video klip aksar o'zbekistonlik muxlislarga yoqmadi.

Shahzodaning fransiyalik Di-Jey Sean Bay bilan birgalikda yaratgan yangi qo'shig'i "Flying Tonight" (Bugun tunda parvoz etib - tahr.) deb nomlanadi. Bu qo'shiq Amazon, iTunes va Djshop kabi online musiqa do'konlarida sotuvga chiqarilgan.

"Flying Tonight" qo'shig'iga olingan klip 13 yanvar kuni taqdim etilgan edi.

Nyu-York shahrida suratga olingan ushbu klip qaxvaxona ishchisi va mijozi o'rtasidagi ishqiy sarguzasht bayon etiladi.

YouTube saytiga yuklangan klipni tomosha qilgan o'zbekistonliklarning aksari Shahzodani o'zbekona urf-odatlarni unutganlikda va behayolikda ayblamoqda.

http://www.youtube.com/embed/Q_Pkr4nIW14

Aziz mushtariy, sizga Shahzodaning yangi klipi yoqdimi?