Uch hind vaziri porno film uchun ishdan ketdi

Hindistonning Klarnataka shtatida uch vazir hukumat yig‘ilishlaridan birida pornografik film tomosha qilgani uchun ishdan bo‘shatildi.

Klarnataka gubernatori Hamkorlik ishlari vaziri, Onalik va bolalik ishlari vaziri va Portlar bo‘yicha vazirni iste‘foga chiqardi.

Seshanba kuni mahalliy telekanal orqali uch vazirning hukumat yig‘ilishi payti Iphone telefoni orqali pornografik film tomosha qilib o‘tirgani haqidagi tasvirlarni namoyish qildi.

Hindistonda pornografik filmlar qonun bo‘yicha taqiqlangan.