Aktrisa Tamara Shokirova vafot etdi

Tamara Shokirova.

22 fevral kuni o‘zbek aktrisasi Tamara Shokirova (G‘aniyeva) 57 ëshida uzoq davom etgan ko‘krak saratonidan vafot etdi.

“Mehrobdan chaën” va “Olovli yillar” kabi kinofilmlarda yetakchi rollarni ijro etgan Tamara Shokirova 23 fevral kuni Toshkentdagi “Qozirabot” masjidi yonidagi qabristonga dafn etilgan.

Tamara Shokirova o‘zbek kinomotografiyasining taniqli namoyandasi Nabi G‘aniyevning kelini¸ ayni paytda bugungi o‘zbek estradasi namoyandasi Rayhonning onasidir.

O‘zbekistonlik taniqli kinotasvirchi Umida Ahmedova Tamara Shokirovani o‘z ijodiy mahoratini to‘lig‘icha namoyish qila olmay ketgan aktrisalar sirasidan ekanini aytadi.

Umida Ahmedova bilan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin.