Usamo Bin Lodin bevalariga ayblov e‘lon qilindi

Pokistonda Usamo Bin Lodinning uch nafar beva aëliga rasman ayblov e‘lon qilindi.

Bin Lodinning xotinlari chegarani qonunsiz kesib o‘tish va Pokistonda iznsiz yashaganlikda ayblanmoqda.

Bu uch aël o‘tgan yil may oyida “Al Qoida” rahbari Usamo Bin Lodin Abbotobodda o‘ldirilgani paytida qo‘lga olingan edi.