Jalolobodda 400 talaba antiamerika aktsiyasi o‘tkazdi

Bugun Afg‘oniston sharqidagi Jalolobod shahrida 400 nafar atrofidagi talaba 16 afg‘onistonlikning AQSh harbiysi tomonidan o‘ldirilishiga qarshi norozilik aktsiyasi o‘tkazdi.

Norozi talabalar qotillikni sodir etgan AQSh askarini jamoatchilik oldida sud qilishni talab qildilar.

Yakshanba kuni tunda AQSh askari Qandahordagi harbiy bazadan chiqib, 16 nafar tinch aholi vakilini otib o‘ldirgan edi.

AQSh prezidenti Barak Obama ushbu voqea uchun mas‘ullarning barchasi jazolanishini va‘da qildi.

Tolibon harakati qotillik uchun o‘ch olajagi borasida tahdid qilganidan so‘ng, Afg‘onistondagi AQSh elchixonasi barcha amerikaliklarni ehtimoliy qasos hujumlaridan ogohlikka chaqirdi.