"Bunyodkor" OChL chorak finalida

Toshkentning “Bunyodkor” futbol jamoasi Osiyo Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Janubiy Koreyada o‘tkan nimchorak finali uchrashuvida Mirjalol Qosimov shogirdlari mahalliy “Songam Ilva Chunma” jamoasi ustidan 0:1 hisobi bilan g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvdagi yagona golni “qaldirg‘ochlar” himoyachisi Xayrulla Karimov 53-daqiqada penaltidan kiritdi.

http://www.youtube.com/embed/qir43qrbTsM

Shunday qilib, OChLda qatnashayotgan yagona o‘zbek klubi chorak finalga chiqdi.

Chorak final o‘yinlari kuz oylarida bo‘lib o‘tadi.