O‘shda pasport tartibi joriy etildi

5 iyundan boshlab Qirg‘izistonning O‘sh shahrida 2010 yil iyunida sodir bo‘lgan voqealarning ikki yilligi munosabati bilan huquq-tartibot idoralari kuchaytirilgan tartibda ishlay boshladilar.

Bu haqda jurnalistlarga ma‘lum qilgan O‘sh shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Suyun Umrzoqov o‘shliklar xavfsizligini ta‘minlash maqsadida shaharda pasport tartibi joriy etilganini bildirdi.

Umrzoqov iyun voqealarining ikki yilligi yaqinlashgani sayin o‘shliklar turli mish-mishlar bo‘yicha militsiyaga ko‘proq murojaat qilayotganini aytarkan, bu borada aholi orasida tushuntirish ishlari olib borilayotganini qayd etdi..

Shuningdek, O‘sh militsiyasi rahbari shaharliklarni har xil fitnalarga uchmaslikka chaqirdi.