O‘zbekiston U-22 terma jamoasi Bangladesh termasini mag‘lub etdi

18 iyun kuni 22 yoshgacha bo‘lgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bahslari doirasida Bangladesh terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi ma‘lum qildi.

O‘yindagi gollarga O‘zbekistondan Pavel Smolyachenko va Shohrux Gadoyev, Bangladeshdan Imon Mahmud mualliflik qildilar.

O‘zbekiston U-22 terma jamoasi navbatdagi uchrashuvni 20 iyun kuni maydon egalari – Nepal terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Osiyo chempionatiga yo‘llanma olish uchun Aleksey Yevstafeyev shogirdlardi bilan bir guruhda Nepal, Bangladesh, Irodaniya va Yaman terma jamoalari kurash olib bormoqda.

Guruhda eng yaxshi natija qayd etgan ikki jamoa 2014 yilning yanvar oyida o‘tkaziladigan Osiyo Chempionatiga yo‘llanma oladi.