Xitoy: Yirtqich baliq boshi uchun mukofot e‘lon qilindi

Serrasalmus

Xitoy janubidagi Guangsi viloyatining Liuchjou shahri rasmiylari tirik yoki o‘lik holda tutib keltirilgan har bitta piranya (Serrasalmus) balig‘i uchun ming yuan, qariyb 157 AQSh dollari miqdorida mukofot puli berilishini e‘lon qildi.

China Daily nashri xabariga ko‘ra, rasmiylarning bunday chora ko‘rishiga o‘tgan haftada Liujiang daryosida piranya baliqlari ikki kishiga hujum qilib ularga og‘ir jarohat yetkazgani sabab bo‘lgan.

Janubiy Amerikaning chuchuk suvlarida gala bo‘lib yashovchi o‘tkir tishli yirtqich piranya baliqlari odam uchun xavflidir.

Xabarda piranyalar Xitoyga qayerdan kelib qolgani ma‘lum qilinmagan.