Twitter auditoriyasi yarim milliarddan oshdi

Twitter asoschisi va rahbari Dik Kostolo Fransiyaning Kan shahrida o'tkazilgan konferensiyada.

Twitter mikrobloglar xizmati foydalanuvchilarining 2012 yilning iyun oyida yarim milliardlik ko‘rsatkichdan o‘tdi. Bu haqda "Semiocast" kompaniyasi o‘z tadqiqotiga asoslanib e’lon qildi.

Kompaniyaning qayd etishicha, AQShda servisning auditoriyasi 141 million foydalanuvchini tashkil etadi. Bu Twitter butun auditoriyasining 27,4 foizidir. Undan keyingi o‘rinlarda 41 million foydalanuvchi bilan Braziliya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Indoneziya bormoqda. Yigirmatalikda MDH davlatlaridan faqat Rossiya o‘rin olgan - 10 million foydalanuvchi bilan 14-o‘rin.

Jahonning eng ko‘p tvit yozadigan shahri sifatida Indoneziya poytaxti Jakarta tan olingan. Undan keyingi o‘rinlarni Tokio va London egallagan. Tvit yozish bo'yicha yigirmatalikda MDH davlatlari kirmagan.

O'z tadqiqoti davomida “Semiocast” tashkioti 2012 yilning 1 iyuliga qadar ochilgan 517 million dona profil va iyun oyida mikrobloglarda yozilgan bir milliarddan ko'p tvitni tahlil qilib chiqqan.

"Seismocast" bergan ma'lumot naqadar to'g'ri ekanini tekshrish qiyin. Sababi Twitter shirkati o'z xizmatidan foydalanayotganlar statiskisani e'lon qilmaslikni odat qilishgan. Joriy yilning mart oyida Twitter asoschisi Dik Kostolo istisno tariqasida mikroblog xizmatida 140 million faol foydalanuvchi borligi va ular kuni 400 milliondan ziyod tvit yozishini oshkor etgan.

O'zbekistonda ham Twitter xizmati ommalashib bormoqda. Eng taniqli o'zbekistonlik Twitter foydalanuvchi prezident Islom Karimovning to'ng'ich qizi Gulnora Karimovadir. Uning shaxsiy mikroblogini 11 mingdan ziyod kishi kuzatib boradi. Karimovaga tegishli @realgoogoosha mikroblogi esa birinchi tasdiqlangan "o'zbekistonlik" sahifa hisoblanadi.