Futbol: "Bunyodkor" Chempionlar ligasi yarim finalida!

Toshkentning "Bunyodkor" futbol jamoasi o'z uyida Avstraliyaning "Adelaida Yunayted" jamoasiga qarshi o'tgan o'yinda 3:2 hisobi bilan g'olib chiqib, Osiyo Chempionlar ligasi yarim finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

3 oktyabr kuni Toshkentdagi "Jar" stadionida o'tgan o'yinda hisobni 4-daqiqada avstraliyaliklar ochib berishdi. Vidoshichni pasidan foydalangan Ian Remsi kuchli zarbasi bilan hisobni 1:0 ga o'zgartirdi.

Toshkentliklarning javobi esa uzoq kuttirmadi. 18-daqiqada Viktor Karpenko tarafidan o'ng qanotdan uzatilgan to'pni Lutfulla To'rayev boshi bilan darvozaga yo'lladi. Birinchi bo'lim 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo'limda maydonga zahiradan tushirilgan avstraliyalik Jeronimo Nyuman 62-daqiqada hisobni 1:2 ga yetkazdi. Hisobni tenglashtirish uchun bor kuchini hujumga qaratgan "Bunyodkor" o'yinchilari 72-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi - 2:2. Bu gal Akmal Shorahmedov o'z mahoratini ko'rsatdi.

O'yinning asosiy vaqti tugaguncha hisob o'zgarmadi.

Chorak final birinchi uchrashuvi ham 2:2 hisobi bilan yakunlangani bois, o'yin qo'shimcha taymlarda davom etdi.

O'yinning 115-daqiqasida "Bunyodkor" tarafidan kiritilgan gol uchrashuvga nuqta qo'ydi - 3:2. "Qaldirg'ochlar"ga g'alaba keltirgan golga zahiradan maydonga tushgan yosh futbolchi Alibobo Rahmatullayev mualliflik qildi. U birinchi gol muallifi Lutfulla To'rayev tarafidan jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni boshi bilan raqib darvozasining uzoq burchagiga yo'lladi.

http://www.youtube.com/embed/9D2RiGAYN38

Qo'pollikllar boy o'tgan o'yinda bahraynlik hakam futbolchilarni ayab o'tirmadi. 120 daqiqa davom etgan o'yinda o'n marotaba sariq kartochka ko'rsatildi. Qo'pol o'yin uchun uch futbolchi maydondan chetlatildi - Fabian Barbiyero ('89), Anvar G'ofurov ('100) va Ian Fayf ('119).

Ikkala jamoa o'rtasida 19 sentabr kuni Avstraliyada o'tgan chorak finalning dastlabki uchrashuvida 2:2 hisobida durang natijasi qayd etilgan edi. "Bunyodkor" ikki o'yin natijasiga ko'ra 5:4 hisobi bilan chorak finalida go'lib bo'lib, OFK Chempionlar ligasi yarim final bosqichiga yo'llanmani oldi.

24 otyabr kuni bo'lib o'tadigan yarim final bosqichining dastlabki o'yinida "Bunydkor" chorak finaldagi "Al Hilol"-"Ulsan Hyunday" juftligi g'olibi bilan bellashadi.

O'zbek futboliga oid yana bir xushxabar - Eronda o'tayotgan 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ham 3 oktyabr kuni ulkan yutuqqa erishdi. Chempionat yarim finalida Dilshod Nuraliev shogirdlari musobaqa mezboni Eron o'smirlar terma jamoasini 2:3 hisobida yengib, final bosqichiga chiqishga muvaffaq bo'lishdi.

6 oktyabr kuni o'tadigan final o'yinida o'zbekistonlik o'smirlar yaponiyalik tengqurlari bilan kuch sinashishadi.