Shumaxer yana sportni tark etmoqda

Formula 1 bo‘yicha yetti karra chempion Mixael Shumaxer.

Formula 1 bo‘yicha yetti karra chempion Mixael Shumaxer joriy musobaqa mavsumidan keyin butunlay sportdan ketishini e‘lon qildi.

43 yashar nemis avto-poygachi o‘z faoliyatini yakunlash niyatlari haqida o‘z veb-sahifasi orqali e‘lon qildi. “Xayrlashish fursati keldi”, deb yozdi Shumaxer payshanba kuni.

Yaponiyaning Sazuka shahrida o‘tkaziladigan Gran-pri o‘yinlari arafasida e‘lon qilingan bayonot Shumaxer Mercedes bilan shartnomasi tugagach, boshqa komandaga o‘tadi, degan mish-mishlarga nuqta qo‘ydi.

Shumaxer yetti marta chempionlik unvoni va Gran-pri poygalarida 91ta g‘alabani qo‘lga kiritib, rekord o‘rnatgan.

U 2006 yilda ham, Benetton jamoasida olti marta, Ferrari komandasida besh marta g‘alabani qo‘lga kiritgach, sportdan ketishi e‘lon qilgan edi. Lekin 2010 yilda Mercedes jamoasida poyga qilish uchun sportga qaytgan edi.